Qirg‘iziston Oliy sudi binoga o‘rnatilgan portlovchi qurilma haqidagi xabardan so‘ng o‘z ishini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bishkek shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Oljobay Kazabayevning ma’lum qilishicha, shahar IIB navbatchi qismiga Oliy sud binosiga bomba o‘rnatilgani haqida anonim qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
“Tekshiruvni amalga oshirish uchun Bishkek IIB va Pervomaysk tumani IIB tergov-operativ guruhlari voqea joyiga yo‘naltirildi va ular binoni ko‘zdan kechirish ishlarini boshlab yubordi. Tegishli tekshiruv ishlarini olib borish uchun mamlakat Qurolli kuchlari bosh shtabining sapyor va muhandislari chaqirildi”, – deya ma’lum qildi Oljobay Kazabayev.
Militsiya xodimlari sud binosiga o‘rnatilgan bomba haqida anonim xabar bergan kishining mobil telefon raqamini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)