Olmaotada aksilterrorchilik operatsiyasini o‘tkazish chog‘ida halok bo‘lgan politsiyachilar Maksat Salimbayev va Timur Begasilovning oilalariga kvartira kalitlari topshirildi. Bu haqda Olmaota ma’muriyati ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Viloyat rahbari Amandik Batalov politsiyachilar jamiyatni jinoiy tajovuzdan himoya qila turib va o‘ziga yuklatilgan burchni sharaf bilan bajara turib halok bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaotadagi otishmalarda halok bo‘lganlarning oilasiga 15 million tenge (45 ming dollar), jabrlanganlarga 5 million tengedan (15 ming dollar) moddiy yordam ajratilishi xabar berilgandi.
Bundan tashqari, Olmaota va Ostona politsiyachilari bir kunlik ish haqini qurbon bo‘lgan hamkasblari oilalari hisobiga o‘tkazdi.
Izoh (0)