Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Afrika qirg‘oqlarida yashovchi katta oq akulalar inson xo‘jalik faoliyatining salbiy ta’siri, okean suvining ifloslanishi va chegaralangan genofond tufayli yaqin orada butunlay qirilib ketishi mumkin. Bu haqda Stellenbosh (G‘arbiy Keyp) universiteti olimlarining tadqiqotida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Janubiy Afrika qirg‘oqlarida ulkan yirtchiqning atigi 350–520 tasi qolgan. Bu esa olimlar taxmin qilganidan ikki barobar kamroq bo‘lib chiqdi.

Janubiy Afrikadagi sohillarda syorfingchi va suzuvchilarni qutqarish uchun o‘rnatilgan to‘rlar tufayli katta oq akulalar soni kamayib ketmoqda. So‘nggi 30 yil davomida faqatgina Durban hududida mingdan ortiq akula to‘rga o‘ralib ketishi oqibatida yo‘q bo‘lib ketdi. Shuningdek, baliq ovlovchilar ko‘plab akulalarni o‘ldiradi, okean suvining ifloslanishi ham akulalarga ziyon yetkazadi.

Janubiy Afrika qirg‘oqlarida ko‘paya oladigan atigi 333 katta oq akula qolgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
U-20 JCH—2023. Isroil bu safar Braziliyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi. Italiyada ham g‘alaba
Sport
Liga 1. “PSJ” 5 ta gol urilgan o‘yinda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi 
Sport
“Leypsig” “Ayntraxt” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozonib, Germaniya Kubogi g‘olibiga aylandi