Ruminiyada Zika virusiga chalinishning ikkinchi holati aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Zika bezgagi qariyb ikki yil davomida Fransiya Gvianasida oilasi bilan yashagan va Ruminiyaga qarindoshlari oldiga kelgan 10 yoshli bolakayda aniqlangan.
Mamlakatda Zika bezgagiga chalinishning birinchi holati 12-iyul kuni, iyun oyi oxiri va iyul oyi boshlarida Martinikada bo‘lib qaytgan 27 yoshli ayolda aniqlangan.
Zika bezgagi ilk marotaba 1947-yilda Ugandada aniqlangan. Kasallikning klinik belgilari bu haroratning ko‘tarilishi, shamollash, bosh og‘riqlari, bo‘g‘imlar va beldagi og‘riqlar, badandagi toshmalar, tez charchab qolish. Yaqin vaqtgacha Zika virusi inson salomatligi uchun xavfsiz sanalgan edi.
Izoh (0)