Niderlandiyada jamoat foydalanish yo‘llarida haydovchisiz avtobus sinovdan o‘tkazila boshlandi. Transport Amsterdamning Sxipxol aeroportidan Xarlem aholi yashash punktiga qadar 20 kilometrlik yo‘lni muvaffaqiyat bilan bosib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
Avtobus 70 km/soat tezlikka chiqa oladi, u svetofor chiroqlarini aniqlab, shunga muvofiq harakatlanish imkonini beradigan 20 ta kamera bilan jihozlangan.
Xarlemga qadar bosib o‘tgan yo‘lida haydovchisiz avtobus 11 ta bekatda to‘xtab o‘tdi.
Hozircha har ehtimolga qarshi rulda haydovchi o‘tiribdi, u har doim boshqaruvni o‘z qo‘liga olishga tayyor. Keyinchalik avtobuslar butunlay avtomatik tizimga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Ishlab chiqaruvchilarning strategik maqsadi 2020-yilga kelib haydovchisiz avtobuslar shahar ko‘chalarida oddiy holga aylanishidir. Ammo ekspertlar bu muxlat jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun kamlik qilishini e’tirof etmoqda.