Moskva shahridagi aeroportlarda 19-iyul, seshanba kuni 15 ta reys bekor qilindi, 30 ga yaqini kechiktirilgan holda amalga oshiriladi, deya xabar qilmoqda “TASS”.
Avvalroq Rossiya FVVning Moskvadagi bosh boshqarmasi kuchli shamol bilan momaqaldiroq kelishi xavfini mahalliy vaqt bo‘yicha 15:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)gacha uzaytirdi.
Moskva vaqti bilan 19-iyul kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra “Domodedovo” aeroportida 22 ta reys kechiktirildi, 11 tasi bekor qilindi. “Sheremetyevo”da 4 ta reys bekor qilinib, 5 tasi kechiktirildi. “Vnukovo” aeroportida barcha reyslar rejaga ko‘ra amalga oshiriladi.
Rossiyalik sinoptiklar 19-iyul, seshanba kuni Moskva hududida kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishini taxmin qilmoqda. Momaqaldiroq vaqtida janubi-sharqiy shamol 5–10 m/s gacha kuchayadi. Ba’zi joylarda shamol kuchi 12–17 m/s ga yetadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)