GizmoChina resursi yangi Xiaomi Redmi Note 4 flagmanining qutisi aks etgan fotosuratni chop etdi. U orqali uskunaning texnik tavsiflari ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.
Xiaomi Redmi Note 4 qutisi yorlig‘ida yangi fabletning deyarli barcha asosiy texnik ko‘rsatkichlarini topish mumkin. Jumladan, ma’lum bo‘lishicha, o‘n yadroli Xiaomi Redmi Note 4 ikki versiyada chiqariladi, bunda xotira hajmi farqlanadi: kichik versiyada — 3 Gb operativ va 64 Gb doimiy xotira, katta versiyada — 4 Gb va 128 Gb.
Ekran diagonali 5,5 dyuymni, yechimi 1920x1080 nuqtani tashkil etadi. Smartfon 5 va 13 Mp kameralarga ega bo‘ladi.
Batareya sig‘imi — 4000 mA/soat (minimal) / 4100 mA/soat (o‘rtacha). Shuningdek, smartfon SIM-karta uchun ikkita slotga (ikkisi ham LTE’ni qo‘llab-quvvatlaydi), barmoq izlari skaneri va metall korpusga ega bo‘ladi.
Uskuna bozordagi eng kuchli chiplardan biri — MediaTek Helio X20 bilan jihozlanadi.
Xiaomi Redmi Note 4 27-iyulda taqdim etiladi.