Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Erasmus+ dasturi doirasiga kiruvchi ECCUM loyihasi bo‘yicha hamkor mamlakatlar va universitetlar vakillari ishtirokida chorak yakuniga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda universitet matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
ECCUM — matematik injeneriya bo‘yicha hisoblash markazlari hamda magistratura ta’lim dasturini tashkil etish loyihasidir.
Ushbu yangi loyiha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun oliy o‘quv yurtlarinining potensial salohiyatini oshiradigan matematik injeneriyani o‘rgatishga hamda umumdasturiy qo‘llanmalarni tashkil etishga asoslangandir.
Har bir davlatdagi mahalliy sherik tomonlarning tahlil ehtiyojlariga bo‘lgan qiziqishi ta’lim darajasining sifat va ahamiyatini oshiradi. Ishlab chiqilgan dastur Boloniya ta’lim tizimini o‘zlashtirib, o‘zbek ta’lim tizimiga joriy etishga yordam beradi. Injeneriya bu yaratish va atrof muhitni mukammallashtirish san’ati bo‘lgani bois ushbu loyiha natijalari haqida sherik davlatlarga safarbar etish natijasida ularning industrial hamda innovatsion rivojlanishiga olib keladi.
Grant qabul qiluvchi – Santyago de Kompostela universiteti (Ispaniya)
Yevropadagi sheriklar:
- Turin politexnika universiteti (Italiya)
- Primorska universiteti (Sloveniya)
- Super kompyuterlashtirilgan markaz (Ispaniya)
- Urganch Davlat universiteti (UDU)
- Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU)
- Buxoro muhandislik-texnologiya instituti (BMTI)
- Fizika-texnika instituti
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
- General Motors Powertrain Uzbekistan
- NGOKRASS
- A. Baytursunov nomidagi Qo‘stanay davlat universiteti
- Xalqaro informatsion texnologiya universiteti
- Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi va boshqalar.
Izoh (0)