SpaceX kompaniyasi 18-iyul, dushanba kuni Xalqaro kosmik stansiyasi (XKS)ga Dragon kemasini uchirdi. Falcon 9 eltuvchi raketasi kosmik yuk tashuvchi bilan AQSh HHKning Florida shtatidagi bazasidan uchdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Dragon kosmik yuk tashuvchisining orbital kompleks bilan birikishi 20-iyun kuniga rejalashtirilgan. Dragon kemasining bortida 2,5 tonna yuk, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari va ilmiy tajribalar o‘tkazish uchun anjomlar joy olgan.
Havo kemasi, shuningdek, tajribalar uchun XKSga kemiruvchilarni hamda AQShning tijorat kemalari orbital kompleks bilan birikishi uchun yangi uzelni yetkazib beradi.
SpaceX kompaniyasi Falcon 9 eltuvchi raketasini qayta ishlatish maqsadida uning quyi qismini maxsus qo‘nish majmuasiga qo‘ndirdi. Qayd etilishicha, raketaning qayta ishlatilishi uning uchirish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Izoh (0)