Professional boksdagi faoliyatini AQShda olib borayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Bahodir Mamajonov shu yilning 19-avgust kuni 22-jangini o‘tkazadi, deb xabar berdi “Olamsport”.
Bokschining ma’lum qilishicha, Nyu-Yorkdagi boks oqshomida unga kim raqiblik qilishiga hozircha oydinlik kiritilmagan. Bo‘lajak jangda ishtirok etuvchi ikkinchi nomzod bilan muzokara olib borilmoqda.
Bahodir Mamajonov professional boksdagi 21 ta jangidan 19 tasida raqiblarini mag‘lub etgan va 2 tasida imkoniyatni boy bergan. U so‘nggi bor 2016-yilning 20-fevral kuni Jilber Venegasni bilan ringga ko‘tarilib, raqibini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
O‘zbekistonlik bokschi o‘z vaqtida mashhur amerikalik promouter Don King bilan hamkorlik qilgan.
Izoh (0)