O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Nigina Abduraimova Xitoydagi “Quijing—2016” tennis xalqaro turnirini 1-o‘rinda yakunladi.
Mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarini tashkil qilgan musobaqada Nigina finalga qadar tailandlik, xitoylik va janubiy koreyalik sportchilarni mag‘lub etdi. Hal qiluvchi o‘yinda esa mezbonlar vakilasi Fangzou Luini 7:5, 6:3 hisoblarida taslim qildi.
“Sports.uz” ma’lumotiga ko‘ra, bu g‘alaba Nigina Abduraimova uchun 2016-yil hisobidan ikkinchisi. O‘zbekistonlik tennischi bunga qadar Yaponiyadagi xalqaro turnirda ham bosh sovringa ega chiqqan.
Izoh (0)