Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Mehmet Shimshek mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinish amalga oshmaganligini ma’lum qildi. Bu haqda u Amerikaning CNN telekanaliga telefon orqali bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“To‘ntarishga urinish barbod bo‘ldi. Hukumat vaziyatni to‘liq nazorat qilmoqda. To‘ntarishga urinishga jalb etilgan ko‘plab harbiy xizmatchilar Anqarada hibsga olindi”, — dedi Shimshek.
Bosh vazir o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, poytaxtda parlament binosini o‘qqa tutgan isyonchilarning harbiy vertolyoti urib tushirilgan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbulga qaytgandan keyin xalqqa murojaatida mamlakatdagi harbiy to‘ntarishga urinishni bostirish bo‘yicha operatsiya yakuniga yetkazilishi va odil sudlov organlari hibsga olish ishlarini boshlaganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)