Zika virusini yuqtirib olish holatlari 65 ta mamlakat va hududda qayd etildi. Bu haqda Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“48 ta mamlakatda Zika virusi 2015-yilda birinchi marta tarqalgan. Yana 13 ta mamlakat va hududda virusning mahalliy tashuvchi orqali tarqalishi 2015-yil va undan avval qayd etilgan. Bundan tashqari, to‘rtta boshqa mamlakat va hududda 2016-yilda virus yoki qayd etilgan yoki yuzaga chiqishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
13 ta mamlakat Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotiga Zika virusi bilan kasallanishdan so‘ng dunyoga kelgan chaqaloqlarda mikrotsefaliya va markaziy asab tizimi rivojlanishidagi buzilish holatlari aniqlanganligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)