AQSh federal budjeti kamomadi 2016-yilda 600 milliard dollarga teng bo‘ladi. Bu 2015-yil ko‘rsatkichidan 162 milliard dollarga ko‘proqdir. Bu prognozni Oq Uy ma’muriy-budjet boshqarmasi berdi, deb yozmoqda “TASS”.
Davlat g‘aznasida daromaddan buromadning ko‘payishi YaIMning 3,3 foizi darajasida bo‘ladi. 2017-yilda esa kamomad 2,3 foizgacha qisqarishi taxmin qilinmoqda.
Ekspertlarning fikricha, prezident Barak Obama erishgan federal budjet kamomadining sekin-asta qisqarishi jarayoni yo‘qqa chiqmoqda. Kamomad hajmining o‘sishi yana qaytadi, deb hisoblamoqda iqtisodiyotchilar.
Izoh (0)