Bir yil muqaddam Eron yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuv dunyoning xavfsizligini ta’minladi. Bu haqda Parijda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan AQSh davlat kotibi Jon Kerri bayonot berdi, deb yozmoqda “TASS”.
“Bugungi kunda, bir yil o‘tib, ko‘plar ishlamaydi deb iddao qilgan dastur, ko‘plar amalga oshmaydi deb o‘ylagan dastur dunyoni yanada xavfsizroq qildi, umidlarimizni oqladi”, — deyiladi Kerrining Davlat departamenti tomonidan tarqatilgan bayonotida.
Uning aytishicha, kelishuv Eronda tinchliksevar yadroviy dasturga o‘tilishini ta’minladi.
“Eron hukumati kelishuv bo‘yicha zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmoqda”, — ta’kidladi Kerri.
Izoh (0)