13-iyul kuni BOMKA dasturi O‘zbekistonda Milliy Koordinatsion guruhning birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delagatsiyasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Yig‘ilishda BOMKAning mamlakatdagi asosiy hamkorlari — Tashqi ishlar vazirligi, Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi texnik ko‘makni muvofiqlashtirish byurosi, MXXning Davlat chegaralarini qo‘riqlash bo‘yicha qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, shuningdek, BOMKA Dasturi Konsorsiumi va Yevropa Ittifoqi vakillari ishtirok etdi.
Milliy Koordinatsion guruh yig‘ilishidan BOMKA dasturlarini bajarish, yana ham aniqroq aytganda, erishilgan natija, to‘plangan tajriba va kelajakdagi faoliyat jihatlarini muhokama qilish maqsadi ko‘zlandi. Majlis faqat yil oxirigacha rejalashtirilgan ishchi rejalarning muhokama etilgani uchun emas, balki erishilgan natijalar, ularga baho berish va milliy hamkorlar bilan qimmatli fikrlarni almashish forumi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etdi.
2016-yilning birinchi yarim yilida 35 nafarga yaqin o‘zbek benefitsiari BOMKA tomonidan tashkil etilgan 6 ta milliy va hududiy tadbirda faol ishtirok etdi. Hamkorlar tomonidan bu kabi faollik yil oxiriga qadar rejalashtirilgan 12 ta tadbirda ham kutilmoqda.
BOMKA dasturining birinchi tadbiri 2003-yilda bo‘lib o‘tgan edi, shundan buyon Dastur chegaralarni boshqarish sohasida Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlarining asosiy hamkorlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
BOMKA dasturi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.
Izoh (0)