Yaponiya imperatori Akixito yaqin yillarda taxtdan voz kechmoqchi. Bu haqda, NHK telekanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Telekanaldagi ma’lumotlarga ko‘ra, monarx o‘zining yaqin yordamchilariga 56 yoshli shahzoda Naruxito foydasiga taxtdan voz kechishini bildirgan. Imperatorlik oilasi vakillari ham mazkur qarordan boxabar etilgan. Buning asosiy sababi — imperator sog‘lig‘i tufayli o‘z vazifalarini bajara olmayapti.
82 yoshli Akixito 1989-yilda, otasi Xiroxitoning vafotidan so‘ng taxtga chiqqan.
Yaponiya imperatori rasman mamlakat rahbari hisoblansa-da, uning vakolatlari sezilarli cheklangan. 1947-yilgi konstitutsiyaga muvofiq u Yaponiya ramzi hisoblanadi.
Izoh (0)