AQShning “Ogayo” atom suvosti kemasi (SSGN-726) Janubiy Koreyaning Pusan shahri portiga kirdi. Bu haqda AQSh Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Ko‘p kunlik tashrif Tinch okeanining g‘arbiy qismida rejali kengaytirishning bir qismi hisoblanadi. Atom suvosti kemasi jamoasi a’zolarining ko‘pchiligi Pusan shahriga birinchi marta kirmoqda”, — deyiladi hujjatda.
18 ming tonna suv sig‘imiga ega bo‘lgan “Ogayo” suvosti kemasining uzunligi 170,6 metrga yetadi. Suvosti kemasi ekipaji 100 kishiga mo‘ljallangan, unda 150 ta “Tomagavk” qanotli raketasi joylashgan.