Fransiyaning NowhereElse resursi Samsung Galaxy Note 7 flagmanining “jonli” fotosuratlarini e’lon qildi. Suratlarni Twitter’dagi @OnLeaks akkaunti sohibi, taniqli insayder Stiv Xemmerstoffer taqdim etdi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.
Yangi smartfon chetlari Samsung Galaxy S7 edge’dagi kabi qayrilgan bo‘ladi. Displey ustida joylashgan datchiklar yorug‘lik sensori va ko‘z rangdor pardasi skaneri ekanligi aytilmoqda.
Gadjet press-fotoda taqdim etilgan smartfondan biroz farqlanadi, frontal paneli ham ilgari taqdim etilgan uskunanikidan farqlanadi. Ammo, umuman olganda, uning dizayni Samsung Galaxy Note 5 va S7 ni takrorlaydi.
Mavzuga oid:
- Samsung navbatdagi fabletini Galaxy Note 6 emas, Galaxy Note 7 deb nomlashi mumkin
- Samsung Galaxy Note 7 ning ilk “jonli” fotosi e’lon qilindi
- Samsung Galaxy Note 7 ning ilk rasmiy fotosuratlari e’lon qilindi
Texnik tavsifi
Uskunaning Super AMOLED-ekrani o‘lchami — 2K. Smartfon ikki versiyada chiqariladi: 2,3 GGs chastotali Snapdragon 821 protsessoriga ega hamda 2,6–2,7 GGs chastotali Exynos 8 Octa 8893 protsessoriga ega versiyalar.Operativ xotira hajmi 6 GB bo‘lib, u 10 nanometrli LPDDR4 modulida joylashadi. Doimiy xotiraning minimal hajmi — 64 GB, shuningdek, 128 va 256 GB li hamda microSD kartalariga uchun slotlarga ega versiyalar chiqariladi.
Asosiy kamera o‘lchami — 12 Mp, frontal kamera — 5 Mp, akkumulyator sig‘imi — 3600 mA/soat. Uskuna Android 6.0 dasturiy ta’minotining yangilangan New Grace UX ko‘rinishida ishlaydi. Shuningdek, suvdan himoya qilingan korpusdagi smartfon USB Type-C portiga, S-Pen “aqlli” qalamiga ega bo‘lishi, Samsung Pay’ni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Izoh (0)