O‘zbekistonlik Malika Razzoqova “Novaya volna–2017” (“Yangi to‘lqin–2017”) xalqaro qo‘shiq tanlovi kastingidan o‘tdi. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda.
Musiqachilarni tinglash “Tavrida-2016” forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilarini Rossiya shou-bisnezi vakillari – bastakor Igor Krutoy, xonanda Valeriya va uning turmush o‘rtog‘i, prodyuser Iosif Prigojin tanlab oldi.
Xabarda qayd etilishicha, Malika Razzoqova O‘zbekistonda tug‘ilgan, keyinroq esa Ufaga ko‘chib o‘tgan. U Qozon madaniyat va san’at universiteti bitiruvchisi hisoblanadi. Malika qo‘shiqlarni tatar, boshqird, rus, ingliz va turk tillarida kuylaydi.
Izoh (0)