“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonanda Lolaning din va e’tiqod masalasida Instagram’da yozib qoldirgan, so‘ng o‘chirib tashlagan xabari yuzasidan xonanda bilan tushuntirish ishlari olib boradi. Bu haqda “O‘zbeknavo” bosh direktori o‘rinbosari Murodjon Majidov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Qalampir.uz”.
“Xonanda Lola Yo‘ldoshevani birlashmaga chaqirib, u bilan tushuntirish ishlarini olib boramiz, albatta. Shuning bilan bizning vakolatimiz tugaydi”, — dedi “O‘zbeknavo” bosh direktori o‘rinbosari.
“Avvalroq jamoatchilik fikridan kelib chiqqan holda unga berilgan litsenziyaning amal qilishi muddatidan avval to‘xtatilgan edi. Lola tarbiyaga chaqirilgandan keyin yana litsenziyasi qaytarib berildi. Litsenziya xonandaning tirikchilik vositasi”, — dedi Murodjon Majidov.
“Xonandaning nomaqbul klip va qo‘shiqlariga kelsak, ularni tele- va radiokanallar taqdim etmasa, olam guliston. Ming afsuski, bugun qanday klip olsa, telekanallar rad etmay namoyish etyapti”, — deya qo‘shimcha qildi “O‘zbeknavo” vakili.
Xabarda “O‘zbeknavo” xonanda Lolaga aynan nimani tushuntirishi kerakligiga va nimani tushuntirishiga aniqlik kiritilmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)