8-iyul kuni Shimoliy Xitoyning Xebey provinsiyasidagi Shaxe shahridan Toshkentga Pekin–Tyanszin–Xebey va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi temir yo‘l yuk yo‘nalishi bo‘yicha birinchi poyezd yo‘lga chiqdi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Poyezd shisha, bolalar aravachalari va boshqa tovarlarni olib ketmoqda.
Yangi temir yo‘l yo‘nalishi Xitoyning Shitszyachjuan, Tayyuan, Urumchi shaharlaridan o‘tadi, Qozog‘iston bilan chegarani “Xorgos” nazorat-o‘tkazish punkti orqali kesib o‘tadi, undan keyin esa Olmaota orqali Toshkentga keladi.
Yo‘nalish uzunligi — 5000 kilometr, yurish vaqti — sakkiz kun. Bu Xitoyni Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘laydigan eng tezkor yo‘nalishdir.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil oktabrida Xitoyning Shandun provinsiyasidan O‘zbekistonga keladigan yuk poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Izoh (0)