AQSh Qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi KXDRning 9-iyul kungi raketa uchirishini kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda qo‘mondonlik matbuot xizmati rahbari, AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari podpolkovnigi Martin O’Donnell agentlikka ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Strategik qo‘mondonlik tizimlari Shimoliy Koreyaning suv osti kemasidan raketa uchirishini aniqlagan va kuzatgan.
Raketa 9-iyul kuni Moskva vaqti bo‘yicha 09:28 da uchirilgan. AQSh harbiy boshqarmasi KXDR Sinpxo shahri sohilidan KN-11 raketasini uchirganligini taxmin qilmoqda. Raketaning parvozi Yapon dengizi ustida kuzatilgan va dastlabki belgilarga ko‘ra u shu dengizga qulagan hamda Shimoliy Amerikaga xavf tug‘dirmagan.
Izoh (0)