Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda, Kreml saytidagi xabarnomaga asoslanib, “Gazeta.ru” ma’lumot berdi.
Suhbat davomida Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi. Tomonlar Donbassda tinchlik rejimining buzilishi munosabati bilan tashvishdaligini bildirdi.
Shu bilan bog‘liq ravishda Putin suhbatdoshlarini NATOning Varshavadagi sammiti chog‘ida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga ta’sir o‘tkazib, Minsk kelishuvlari ijrosini ta’minlashga chaqirdi.
Izoh (0)