Buyuk Britaniyaning firibgarlik oldini olishga ixtisoslashgan Cifas kompaniyasi qahvaxona tashrifchilari ishtirokida tajriba o‘tkazib, ular o‘zlari haqida qancha ma’lumotni ochiq internetga qo‘yishini ko‘rsatib berdi, deb yozadi TJournal.
O‘tkinchilarga qahvaxonaning Facebook‘dagi sahifasini “layk” qilish evaziga bepul qahva taklif qilishdi. Kishi qahvaxonaga kirib, buyurtma qilgunicha, uning ism-sharifini ijtimoiy tarmoqdagi akkauntga taqqoslashdi va sahifada ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlarni to‘plashdi. Ularni maxsus qurilmalar orqali qahvaxona xodimiga yetkazishdi, u esa olingan axborotni qahva stakaniga yozdi.
Natijada stakanlarda bunday holatlar uchun odatiy bo‘lgan ismlardan tashqari, tashrifchining o‘qishi, ishi, kontakt ma’lumoti va hatto, dini haqidagi yozuvlar paydo bo‘ldi.
O‘z saytida kompaniya firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun, o‘z shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish zaruriyati haqida eslatdi.