Xitoyda tinmayotgan yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar qurbonlari soni oxirgi besh kun ichida 128 kishiga yetdi. Bundan tashqari, mamlakatning 11 mintaqasida 42 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
XXR fuqarolik ma’muriyati vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 30-iyundan buyon davom etayotgan kuchli yog‘ingarchilik 41 ming xonadonning vayron bo‘lishiga olib kelgan. Butun mamlakat bo‘ylab 1,34 million kishi evakuatsiya qilingan. Ayniqsa Sichuan, Guychjou, Xubey, Szyansu provinsiyalari hamda Chunsin shahrida vaziyat og‘ir bo‘lib qolmoqda.
Tabiiy ofat qamrab olgan hududlarda istiqomat qiluvchi 600 ming kishi yangi boshpanaga muhtoj, 23,33 million fuqaro tahlika arimagan hududlarda yashashda davom etmoqda.
Izoh (0)