Mercedes-Benz kompaniyasi keyingi avlod G-Class yo‘ltanlamasini sinovdan o‘tkaza boshladi. Tajribaviy prototipning ayg‘oqchi fotosuratlarini “Motor1.com” nashri chop etdi.
Suratlarda yangi mashina agregatlari hozirgi modelning kamuflyajlangan kuzovi ostiga bekitilganini ko‘rish mumkin. Shunga qaramay, prototipning g‘ildirak bazasi amaldagi modelnikidan ancha kengligi payqash mumkin. Uning o‘lchami 10 santimetrga oshishi kutilmoqda.
Konstruksiyada ko‘p miqdorda alyuminiy ishlatilishi oldinroq ma’lum bo‘lgan edi. Buning natijasida yo‘ltanlamas taxminan 200 kilogrammga yengillashadi.
Avtomobil dizel va benzinda ishlaydigan 3 litrli, 6 silindrli motorlar bilan harakatga keltiriladi, ularning quvvati, tegishli ravishda, 300 va 360 ot kuchini tashkil etadi. Kuch qurilmalari 9 bosqichli avtomatik o‘tkazmalar qutisi bilan uyg‘unlikda ishlashi mumkin.
Yo‘ltanlamasning kuchaytirilgan modifikatsiyasi modernizatsiya qilingan 4 litrli, 8 silindrli biturbo motorga ega bo‘ladi.
Yangi Mercedes-Benz G-Class 2017-yil oxiriga yaqin sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.
Izoh (0)