AQShning Yuta shtatida yashovchi Garett Ji ismli tadbirkor o‘zining QR-kodlarni skanerlovchi dasturini Snapchat’ga 54 million dollarga sotdi, keyin nima qilishni esa uzoq o‘ylab o‘tirmadi, deb yozadi Big Picture.
U 54 million dollarni bankka qo‘ydi, rafiqasi bilan barcha mol-mulkini pulladi va farzandlarini olib, qiziqarli sayohatga jo‘nadi. Sayohatchilar oilasi Tonga va Fiji orollari, shuningdek, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Tailandda bo‘lishga ulgurdi.
Izoh (0)