Avstraliya hukumati 206 million AQSh dollariga teng 275 kilogrammga yaqin metamfetaminning topilishi munosabati bilan sakkiz nafar gumonlanuvchiga ayblov e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Avstraliya immigratsiya va chegaralarni qo‘riqlash vazirligi xodimlari yuk tashish uchun mo‘ljallangan konteynerlarning yasama poli ostidan giyohvandlik vositalarini topdi. Frans Press agentligining ma’lum qilishicha, yetti nafar Avstraliya fuqarosi va bir nafar malayziyalik qo‘lga olingan.
“Uch kishi giyohvandlik moddalarini tijorat bo‘yicha olib kirish qonunchiligini buzish, qolgan besh kishi katta miqdordagi metamfetaminga egalik qilish va sotish maqsadida noqonuniy olib kirishga urinishda ayblanmoqda”, — deyiladi vazirlik bayonotida. Ularga nisbatan umrbod qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkinligi ma’lum qilindi.
Avstraliya politsiyasi operatsiyada ularga Xitoy hukumati ko‘mak berganligini ta’kidladi.
Izoh (0)