Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyda dunyodagi eng katta radioteleskop yaratildi. U FAST (Five hundred meter Aperture Spherical Telescope) nomini oldi. Bu haqda, CCTV ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Qurilmaning diametri 500 metrni tashkil etadi, u 4,450 mingta uchburchak qaytargichga ega. U o‘zining tuzilishi bo‘yicha qurilmani o‘rnatish uchun tabiiy chuqurlikdan foydalanilgan Aresibo observatoriyasiga o‘xshaydi.

Radioteleskopdan foydalana boshlashdan avval u astoydil sinovdan o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.

“Bu sayyoradagi eng katta radioteleskopdir. Men va dunyo bo‘ylab ko‘plab olimlar Koinotdagi turli obyektlarni tadqiq etish imkonini beruvchi birinchi kuzatuvlarni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. U biz shu paytgacha ko‘rmagan narsalarni ochish imkonini beradi”, — dedi Square Kilometr Arra (SKA) loyihasining bosh operatori Filip Daymond.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)