Xitoyda dunyodagi eng katta radioteleskop yaratildi. U FAST (Five hundred meter Aperture Spherical Telescope) nomini oldi. Bu haqda, CCTV ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Qurilmaning diametri 500 metrni tashkil etadi, u 4,450 mingta uchburchak qaytargichga ega. U o‘zining tuzilishi bo‘yicha qurilmani o‘rnatish uchun tabiiy chuqurlikdan foydalanilgan Aresibo observatoriyasiga o‘xshaydi.
Radioteleskopdan foydalana boshlashdan avval u astoydil sinovdan o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.
“Bu sayyoradagi eng katta radioteleskopdir. Men va dunyo bo‘ylab ko‘plab olimlar Koinotdagi turli obyektlarni tadqiq etish imkonini beruvchi birinchi kuzatuvlarni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. U biz shu paytgacha ko‘rmagan narsalarni ochish imkonini beradi”, — dedi Square Kilometr Arra (SKA) loyihasining bosh operatori Filip Daymond.
Izoh (0)