Germaniya yosh britaniyaliklarga mamlakat fuqaroligini berishi lozim. Ular mamlakatida ko‘pchilik Brexit uchun ovoz berganligidan aziyat chekmasligi kerak. Bu haqda Germaniya kansleri o‘rinbosari Zigmar Gabriel Sotsial-demokratik partiyaning konferensiyasidagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Uning ta’kidlashicha, yosh britaniyaliklar Yevropada qolishni istagan, chunki ular dunyoning o‘zgarayotgani va Britaniya yolg‘iz o‘zi harakat qila olmasligini tushunadi. Bloomberg agentligining eslatishicha, YouGov kompaniyasi tomonidan so‘rov o‘tkazilgan 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan britaniyalik yoshlarning 70 foizi Brexit’ga qarshi ovoz bergan.
Uning so‘zlariga qaraganda, bularning barchasi sotsial-demokratlarni ikki mamlakat fuqaroligini taqdim etishni osonlashtirish g‘oyasini yanada jadalroq ilgari surishiga undashi lozim.
“Keling, bu imkoniyatni Germaniya, Fransiya va Italiyada yashovchi yosh britaniyaliklarga ham taklif etamiz. Toki ular Yevropa Ittifoqi fuqarosiligicha qolish imkoniga ega bo‘lsin”, — deb ta’kidladi vitse-kansler.
Izoh (0)