Xitoyning shimoliy qismidagi Tyanszin shahri yaqinida ichida 30 kishi bo‘lgan avtobus boshqaruvni yo‘qotib, halokatga uchradi. Hozircha qutqaruvchilar 4 nafar yo‘lovchini tirik holda topgan, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Sinxua” agentligining ma’lum qilishicha, tirik qolganlar orasida ikkinchi haydovchi, chiptalar nazoratchisi va ikki yo‘lovchi qayd etildi.
Xabar qilinishicha, avtobusning yorilib ketgan g‘ildiragi halokatning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Sintay shahridan Shenyan shahriga yo‘l olayotgan va katta tezlikda harakatlanayotgan mashina boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqni buzib, chuqur kanal ichiga quladi.
Izoh (0)