UEFA Yevropa Chempionati g‘olibining Amerika Kubogi g‘olibiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishiga rozilik bergan. Bu haqda “Chempionat” Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi (KONMEBOL) prezidenti Alexandro Domingesning Twitter’dagi postidan kelib chiqib xabar tarqatdi.
“Biz o‘yin o‘tkazish g‘oyasi uchun ijobiy javob oldik. Endi u o‘tishi mumkin bo‘lgan sana haqida bosh qotiramiz”, — deb yozgan Dominges Twitter sahifasida.
Avvalroq Amerika va Yevropa chempionlari o‘rtasidagi bellashuv JARda bo‘lib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi.
2016-yilgi Amerika Kubogida g‘oliblik Chili terma jamoasiga nasib qilgan. Yevro—2016 da esa chempion mamlakat nomiga 10-iyul kuni oydinlik kiritiladi.
Izoh (0)