AQSh Harbiy-havo kuchlari Iroqda IShID terrorchilik guruhining kamida 250 nafarga yaqin jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Amerika vakillaridan birining Reuters’ga ma’lum qilishicha, bu Al-Falluja shahridan janubdagi tumanda IShID avtomobil konvoyiga zarba berish natijasida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 250 nafar jangari va 40 ta avtomobil yo‘q qilingan.
O‘tgan hafta yakunida Iroq armiyasi ko‘ngilli askarlar ko‘magida 2014-yilda IShID nazorati ostiga o‘tgan birinchi yirik shahar bo‘lgan Al-Fallujani ozod etdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)