Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Xitoyda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv rejalashtirilganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru” mahalliy televideniyega tayanib.
“Putin bilan uchrashuvimiz avvaldan hal qilingan edi”, — dedi u.
Erdo‘g‘on, shuningdek, rossiyalik hamkasbi bilan telefon suhbati chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash uchun jiddiy qadamlar tashlanganini ta’kidladi.
G20 sammiti 4—5-sentabr kunlari Xanchjouda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)