O‘zbek estradasi vakilasi Lola o‘z Instagram sahifasiga yangi fotosessiyasidan rasm joyladi va unga izoh sifatida fotosessiyalarni yoqtirmasligini yozib qo‘ydi.
Lolaning Moskvadagi konserti sanasi ma’lum bo‘ldi
Lola va Yigitali “Sog‘indim” klipi yuzasidan muxlislarning e’tirozlariga javob berdi
“Fotosessiya jarayonida men o‘zimni noqulay sezaman, uni his qilolmayman. Kamera qarshisida o‘ynashing kerakligi men tushunmaydigan va eplay olmaydigan jarayon”.
“G‘alati tuyulishi mumkin, biroq videoda suratga tushayotganimda men syujet ichida yashayman. Kamera ishini qilib olguniga qadar o‘zimni qanday tutishim kerakligi yoki unga qanday qarashim lozimligini xayolimga ham keltirmayman. Shunchaki hissiyotlarimni tashqariga chiqaraman va bu kadrda qanday ko‘rinayotgani haqida o‘ylamayman. Barchasi keyinroq — montaj vaqtida ko‘rinadi”.
Lola kliplari ssenariysini o‘zi yozishiga ham sha’ma qilgan: “Video uchun ssenariy yozayotganimda kartinani ko‘z oldimda to‘liq gavdalantiraman va har bir detalga e’tibor qarataman. Shuning uchun uni shunchaki o‘yin demagan bo‘lardim, u syomka maydoni ichidagi kichik bir hayotga ko‘proq o‘xshaydi. Unga qalbingni bera olasan. Fotosessiyalarda esa men hozircha buni his qila olganim yo‘q”.
Qo‘shiqchi kasbi ba’zida o‘z hukmlarini o‘tkazib turishi va bu hech bo‘lmaganda yilda bir marta amalga oshishi mumkinligini qo‘shimcha qilib, “men yangi fotosuratlarim bilan ko‘zingizni quvnatishim kerak”, — deya fikrini yakunlagan.
Izoh (0)