O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bosh vazir o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozukulov jinoiy javobgarlikka tortilgani hamda unga nisbatan uy qamog‘i shaklidagi cheklash chorasi ko‘rilganini inkor qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Xabarnomada aytilishicha, ayrim saytlarda paydo bo‘lgan bu kabi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi.
“Bu axborot haqiqatga mos kelmaydi va ayni paytda Bosh prokuraturada Rozukulov U. ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish yo‘q”, — deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada.
Izoh (0)