Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Ittifoqi tarkibidan Buyuk Britaniyadan boshqa a’zolar ham chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim deb hisoblaydi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Germaniya rahbari ushbu bayonotini Xristian-demokratik ittifoq partiyasi boshqaruvi telekonferensiyasida berdi.
Ilgariroq Merkel referendum yakunlarini Yevropa integratsiyasi yo‘lida orqaga tashlangan qadam deb baholagan edi.