AQSh fuqarosi, 18 yoshli Kayla Dikson PlayStation 4 o‘yin konsoli sabab odam o‘ldirgani uchun 40 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Sud hujjatlarida qayd etilishicha, 2014-yili Deniyel Zeyts Craiglist savdo maydonchasida PlayStation 4 konsolini sotayotgani haqida e’lon qoldirgan. Dikson va uning yigiti Nataniyel Vivian e’longa javob berib, Zeytsni tunab ketishni rejalashtirgan.
Juftlik o‘yin konsolini sotayotgan yigitga hujum qilganida, u qarshilik ko‘rsatgan. Kayla Dikson esa unga qarata o‘q uzib, Zeytsni o‘ldirgan.
18 yoshli qiz o‘z qilmishini tan oldi. U o‘ldirilgan erkak va uning oilasidan uzr so‘ramoqchi ekanini aytdi.
Izoh (0)