Rim papasi Fransisk 24-iyun kuni Armanistonga tashrifi oldidan mamlakat xalqiga xabarnoma yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Shu lahzadan boshlab barchangizni havoriy safar oldidan ibodat qilishingizni so‘rayman. ‘Birinchi xristian mamlakatiga tashrif’ shiori ostida sizlar tomonga yo‘l olyapman”, – deyiladi xabarnomada.
“Men Armanistonning sirli balandliklariga birodaringiz sifatida chehralaringizni ko‘rish, sizlar bilan ibodat qilish va do‘stlik ne’matini bo‘lishish uchun tashrif buyuraman. Sizning tarixingiz menda hayrat, sevimli xalqingiz bilan bo‘lib o‘tgan voqealar esa qayg‘u hissini uyg‘otmoqda”, – dedi Fransisk.
Rim papasining Armanistonga tashrifi 24–26-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)