Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidagi a’zoligi masalasi bo‘yicha referendum bugun, 23-iyun kuni boshlandi, deb yozadi “Kommersant”.
Uchastkalar mahalliy vaqt bilan 7:00 (Toshkent vaqti bilan 11:00)da ochildi. Ular 22:00 (2:00)da yopiladi, shundan so‘ng 382 ta mahalliy saylov hududlarida topshirilgan varaqalar hisob-kitob qilina boshlaydi.
Mamlakat aholisi “Birlashgan Qirollik Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishi kerakmi yoki Yevropa Ittifoqidan chiqishi kerakmi?” — degan savolga javob berishi kerak.
Yakuniy natijalar ertaga, 24-iyun kuni ertalab e’lon qilinadi.
Izoh (0)