Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Koreyada “har bir oilaga ikkitadan avtomobil” davri kelmoqda: mamlakatda qayd etilgan shaxsiy yo‘lovchi transport vositalari soni shu oyda 20 milliondan oshishi kutilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

1970-yilda atigi 46 ming dona avtomobil bo‘lgan Janubiy Koreyada ularning soni to‘xtovsiz oshib bormoqda. Jumladan, mamlakatda shu yil aprel oyida 19,89 million, mayda esa 19,96 million avtomobil foydalanishda bo‘lgan. Iyunda esa ro‘yxatdan o‘tgan shaxsiy yo‘lovchi transport vositalari soni 20 millionga yetishi taxmin qilingan.

To‘rt kishidan iborat oilaga 1,55 avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Mahalliy mashinalar 16,1 million, xorijiy modeldagilari esa 1,5 million donani tashkil etmoqda. Shu bilan birga, ekspertlar bunchalik katta avtomobil oqimi uddasidan chiqishi uchun mamlakat infratuzilmasini o‘zgartirish zarurligini ta’kidlamoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi