Fransiya mezbonlik qilayotgan 2016-yilgi Yevropa Chempionatida faqatgina 1 ta futbolchiga guruh bosqichining barcha uchrashuvlarida to‘p kiritish nasib qildi. Bu — uelslik Garet Beyl.
Guruhlarning 4 tasida so‘nggi tur o‘yinlari o‘tib ulgurmagan bo‘lsada, Garet Beylning ko‘rsatkichini endilikda takrorlab bo‘lmaydi. Bunday imkoniyat Ruminiya terma jamoasi a’zosi Bogdan Stanku hamda fransiyalik Dimitri Payetda bor edi. Biroq bu futbolchilar 3-turda raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Ma’lumot uchun, Garet Beyl Slovakiya va Angliya terma jamoalariga qarshi bellashuvlarda jarima zarbasidan muvaffaqiyat qozondi. Uning Slovakiya darvozasiga urgan goli “Daryo” so‘rovnomasiga ko‘ra 1-turning eng chiroyli gollari reytingida 3-pog‘odan joy oldi. Angliya darvozasiga yo‘llagan zarbasini esa sayt o‘quvchilari 2-turning eng chiroyli goli deb topdi.
Garet Beyl guruh bosqichi 3-turiga kelib Rossiya darvozasiga kiritilgan uchinchi golga mualliflik qildi va stadionni muxlislar olqishi ostida tark etdi.
Izoh (0)