“Daryo” so‘rovnomasiga ko‘ra Garet Beyl tomonidan Angliya milliy terma jamoasi darvozasiga urilgan gol Yevro—2016 guruh bosqichi 2-turidagi eng chiroyli gol deb topildi.
Garet Beylning goli Uelsga Angliya ustidan g‘alaba keltirmagan bo‘lsada, uning qadri salmoqli bo‘lib chiqdi. Qayd etish kerak, “Real” a’zosi Yevro—2016 guruh bosqichining barcha uchrashuvida gol kirita olgan yagona futbolchi bo‘ldi.So‘rovnomada ishtirok etgan 1 200 dan ziyod o‘quvchilarning 37 foizi Garet Beylning golini eng chiroyli deb baholagan. Guruh bosqichining 1-turida Beyl Slovakiya darvozasiga gol urib, chiroyli gollar reytingida kuchli uchlikka kira olgandi.1. Garet Beyl. Uels — Angliya
23 foiz ovoz bilan Slovakiya terma jamoasi yarim himoyachisi Marek Hamshik 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Uning Rossiya darvozasiga urgan goli so‘rovnomada ishtirok etgan sakkizta gol ichidan ikkinchi bo‘la oldi.
2. Marek Hamshik. Slovakiya — Rossiya
Kuchli uchtalikni aniqlashda qiziq holat yuzaga keldi. Fransiya terma jamoasi a’zosi Dimitri Payetning Albaniya darvozasiga urgan goli va xorvatiyalik Ivan Rakitichning Chexiya postini ishg‘ol qilishi bir xilda ovoz to‘pladi. Natijada 9 foizdan ovoz olgan bu ikki futbolchi 3-o‘ringa joylashdi.
3. Dimitriy Payet. Fransiya — Albaniya
3. Ivan Rakitich. Xorvatiya — Chexiya
Yevro—2016 1-turidagi eng chiroyli gollar uchligida bo‘lgani kabi, 2-turda ham Uels, Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari futbolchilari kuchli uchlikka kira oldi.
Izoh (0)