“Apollon” dasturi: 18 ta hayratlanarli eksklyuziv surat (fotogalereya)
AQShning Kosmik makonni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) 1960- va 1970-yillardagi “Apollon” dasturining 8 mingta suratlarini namoyish qildi. TravelAsk ulardan eng qiziqarlilarini tanlab oldi.
“Apollon-9” dasturi
Komandirlik va Oy modullari bilan jihozlangan kemaning birinchi sinov parvozi.
“Apollon-10” dasturi
“Apollon-10 dasturi kemasining uchuvchilari Oyga yakuniy sinov parvozini amalga oshirdi.
“Apollon-11” dasturi
“Apollon-12” dasturi
1969-yil. Odamlar insoniyat tarixida ikkinchi marta Oy, va umuman, har qanday osmon obyekti yuzasiga qo‘ndi.
“Apollon-13” dasturi
Parvoz chog‘ida kemada jiddiy avariya yuz berdi, natijada Oyga qo‘nib bo‘lmadi, ekipaj hayoti esa xavf ostida qoldi.
“Apollon-15” dasturi
Oyga to‘rtinchi marta qo‘nish chog‘ida kosmik kema ekipaji birinchi marta Oy avtomobilidan foydalanib, 27,9 kilometr masofani bosib o‘tdi. Ekspeditsiya Yerga 77 kilogramm Oy tuprog‘idan olib keldi.
“Apollon-16” dasturi
1972-yil aprelida “Apollon” dasturi bo‘yicha o‘ninchi parvoz chog‘ida odamlar beshinchi marta Oy yuzasiga qadam qo‘ydi. Bu safar tog‘li joy tanlandi.
“Apollon-17” dasturi
Dastur doirasida Amerika kemasi so‘nggi, o‘n birinchi boshqariluvchi parvozni amalga oshirdi. O‘shanda yerliklar Oyga oltinchi marta qo‘ndi.
Kosmonavtlar Oyda jami uch sutkadan oshiqroq vaqt bo‘lib, kemadan uch marta tashqariga chiqdi, “sayr”larning umumiy davomiyligi 22 soat 3 daqiqa va 57 soniyani tashkil etdi. Ekspeditsiya chog‘ida Yerga Oy jinslari namunalaridan 110 kg keltirishdi.
Izoh (0)