Iroq armiyasi tomonidan Xit tumanida (Anbar viloyati) o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida IShID guruhi “maxsus xizmati”ni boshqargan jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Iroq mudofaa vaziri Xolid al-Obaydiy ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Iroq harbiylarining maxsus bo‘linmasi Xit tumanida (Anbar viloyati) IShID xavfsizlik xizmati rahbari Ahmad Majid va guruhning boshqa a’zolari yashiringan binoga bostirib kirdi. Otishma oqibatida Majid va qolgan yetti nafar terrorchi ham o‘ldirildi”, — dedi Holid al-Obaydiy.
Xit tumanidagi janglar Iroq armiyasining Al-Falluja shahrini qaytarib olish bo‘yicha operatsiyasining bir qismi hisoblanadi.
Al-Fallujadagi janglarning bor-yo‘g‘i uch kuni ichida IShIDning 377 nafar terrorchisi, jumladan, 40 nafar snayper yo‘q qilinganligi ma’lum qilindi. Shuningdek, harbiylar tomonidan 45 ta minalashtirilgan avtomobil yo‘q qilingan hamda 516 ta mina va bomba zararsizlantirilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)