Afg‘onistonning shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyatida 20-iyun, dushanba kuni portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda sakkiz kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohat oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Portlash Toshkent vaqti bo‘yicha 10:30 Keshim shahridagi bozor yaqinida yuz berdi. Portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mototsikl portlab ketdi.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sakkiz kishi halok bo‘lgan, yana 18 kishi jabrlangan, qurbonlarning barchasi oddiy fuqarolardir”, — deya ma’lum qildi viloyat gubernatori vakili Navid Frutan. Uning so‘zlariga qaraganda, qurbonlarning soni ortishi mumkin.
Khaama Press agentligining ma’lumotlariga qaraganda, portlash oqibatida 40 kishi jabrlangan.
Bu 20-iyun kuni Afg‘oniston hududida yuz bergan ikkinchi portlashdir. Avvalroq Kobulda mikroavtobusning portlab ketganligi ma’lum bo‘lgan edi. Oqibatda 14 kishi qurbon bo‘lgan, sakkiz kishi jabrlangan.
Izoh (0)