AQShning Virjiniya shtatida yuz bergan yirik yo‘l-transport hodisasida olti kishi halok bo‘ldi. Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, yana o‘n kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan, deb xabar beradi “TASS”.
Avariya AQShning butun sharqiy sohili bo‘ylab o‘tuvchi 95-raqamli avtoyo‘lda mikroavtobus va yengil mashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuz bergan. Dodge mikroavtobusi Toyota Camry bilan to‘qnashib ketgach, yo‘l chetiga chiqib ketib, bir necha marta ag‘darilib ketgan.
“Mikroavtobusdan otilib chiqib ketgan olti kishi — to‘rt nafar erkak, ayol va bola voqea joyida halok bo‘lgan. Haydovchi va to‘qqiz nafar boshqa yo‘lovchilar jiddiy shikastlanishlar bilan shifoxonaga yetkazilgan”, — degan mahalliy politsiya vakili.
Toyota haydovchisi jabrlanmagan.