Fransiya mezbonlik qilayotgan Yevropa Chempionatining “E” guruhida 2-turning birinchi bellashuvi o‘z yakuniga yetdi.
Yevro—2016. Vengriya terma jamoasi musobaqani Avstriya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi
Yevro—2016. Portugaliya musobaqaning birinchi o‘yinida debyutant Islandiyani mag‘lub eta olmadi
O‘yinning 39-daqiqasida rossiyalik referi Sergey Korosyov vengriyaliklar darvozasi tomon penalti tayin qildi. Vengriya darvozaboni Gabor Kiray to‘pni qo‘lidan chiqarib yuborgandi, uni qayta egallab olish uchun harakati davomida esa o‘yin qoidasini buzishga majbur bo‘ldi.
Penaltini Gilfi Sigurdsson aniq amalga oshirdi va Islandiya terma jamoasining Yevro—2016 dagi ikkinchi goliga mualliflik qildi.
88-daqiqaga kelib vengriyalik futbolchilar hisobni tenglashtirdi. O‘ng qanotdan yetkazib berilgan to‘pni Birkir Sevarsson kutilmaganda o‘z darvozasiga kiritib yubordi. 1:1 hisobi uchrashuv yakuniga qadar o‘zgarmadi.
2-turdan keyin Vengriya 4 ochko bilan “E” guruhi peshqadamiga aylandi. Islandiya hisobida 2, Portugaliyada 1 ochko bor.
[wpse_match id="351448" show_title=1]
Izoh (0)